Dorilarga chidamli sil bo‘limi

Asosiy sil dorilariga chidamli sil shakllarini davolash va bemorni yaqin kuzatish.

Dorilarga chidamli sil bo‘limi

Bo'lim haqida

Qo‘zg‘atuvchi asosiy sil dorilari — rifampitsin yoki rifampitsin va izoniazidga chidamli bo‘lsa, odatiy davolash yordam bermaydi. Bunday holatda shifokor tahlil natijalari asosida maxsus davolash sxemasini tanlaydi.

Bugun dorilarga chidamli sil uchun ham faqat tabletka shaklidagi qisqaroq sxemalar qo‘llaniladi; davolash odatda olti oydan to‘qqiz oygacha, ayrim hollarda undan uzoqroq davom etadi. Davolash davomida EKG, qon tahlillari va ko‘rish muntazam tekshirib boriladi, chunki ba’zi dorilar yurak ritmi, qon va asab tizimiga ta’sir qilishi mumkin.

Bo‘lim shifokorlari bemor bilan dorilarni qabul qilish tartibi, nojo‘ya ta’sirlar va ovqatlanish haqida batafsil suhbatlashadi. Ahvol barqarorlashgach, davolash ambulator sharoitda nazorat ostida davom ettiriladi.

Xizmatlar

Xizmatlar