O‘pka sili statsionar bo‘limi

Davolanishning dastlabki bosqichida yoki og‘ir holatlarda shifokor kuzatuvi ostida statsionar davolash.

O‘pka sili statsionar bo‘limi

Bo'lim haqida

Statsionarga bemor shifokor yo‘llanmasi bilan yotqiziladi: kasallik og‘ir kechganda, asoratlar bo‘lganda, dorilarga chidamli sil aniqlanganda yoki uy sharoitida davolanish imkoni bo‘lmaganda.

Bo‘limda bemorlar infeksiya nazorati talablari asosida joylashtiriladi, xonalar muntazam shamollatiladi. Dorilar hamshira ishtirokida qabul qilinadi; bemorning ahvoli, tahlil natijalari va dorilarning nojo‘ya ta’sirlari har kuni kuzatiladi.

Ahvol yaxshilanib, yuqumlilik pasaygach, davolanish ambulator sharoitda davom ettiriladi. Shifokor bemor va uning yaqinlariga uyda davolanishni qanday davom ettirish kerakligini tushuntiradi.