Spirometriya

Tashqi nafas faoliyatini tekshirish: o‘pka hajmi va nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligi.

Spirometriya
  • Tekshiruv narxiAniqlashtiriladi
  • Tekshiruv vaqti—
  • Bo'limFunksional diagnostika bo‘limi

Xizmat haqida

Spirometriyada bemor maxsus naycha orqali chuqur nafas olib, imkon qadar kuchli va tez nafas chiqaradi. Apparat o‘pka hajmini va havoning nafas yo‘llaridan qanchalik erkin o‘tishini o‘lchaydi.

Tekshiruv sil o‘pka faoliyatiga qanchalik ta’sir qilganini, davolanishdan keyingi tiklanishni va qo‘shimcha nafas yo‘llari kasalliklarini baholashga yordam beradi.

Tekshiruvdan oldin kamida bir soat chekmang, og‘ir ovqat yemang. Nafasni kengaytiruvchi dorilar qabul qilsangiz, bu haqda shifokorga oldindan ayting.