
Bo'lim haqida
Bo‘lim dispanserga biriktirilgan tumanlarda silga qarshi ishlarni muvofiqlashtiradi: oilaviy poliklinikalar va oilaviy shifokor punktlarida xavf guruhlarini tekshirish, silga shubha bo‘lganlarni o‘z vaqtida yo‘naltirish va uyda davolanayotgan bemorlarning nazorat ostida dori qabul qilishini tashkil etadi.
Yangi sil holati aniqlanganda bemorning yashash joyida epidemiologik tekshiruv o‘tkaziladi: bemor bilan aloqada bo‘lganlar ro‘yxati tuziladi, ular tekshiruvga taklif qilinadi, oilaga uyda infeksiya nazorati bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Bu ishlar sanitariya-epidemiologiya xizmati bilan hamkorlikda olib boriladi.
Bo‘lim bemorlar hisobini yuritadi, davolash natijalarini tahlil qiladi va birlamchi bo‘g‘in tibbiyot xodimlari uchun seminarlar tashkil etadi.
