
- Tekshiruv narxiAniqlashtiriladi
- Tekshiruv vaqti—
- Bo'limKlinik-diagnostik laboratoriya
Xizmat haqida
Balg‘am mikroskopiyasi sil qo‘zg‘atuvchisini aniqlashning oddiy va keng qo‘llaniladigan usuli. Tahlil tashxis qo‘yishda va davolanish davomida — dorilar qanchalik samara berayotganini kuzatish uchun bajariladi.
Namuna ertalab, nonushtadan oldin topshiriladi. Og‘izni suv bilan chaying, bir necha marta chuqur nafas olib, ko‘krakdan yo‘taling va balg‘amni idishga tupuring. So‘lak tahlil uchun yaroqsiz.
Shifokor odatda bir nechta namuna topshirishni so‘raydi: bu kasallikni aniqlash ehtimolini oshiradi.
